“Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912”. Beshinchi uchrashuv oldidan

  • 27 aprel, 2017, 08:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

29 aprel kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi safarda “Sho‘rtan”ga qarshi maydonga tushadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur uchrashuvga doir statistik ma’lumotlarni taqdim qildi.  

Oliy ligadagi beshinchi uchrashuv

“Qo‘qon-1912” hamda “Sho‘rtan” klublari oliy ligada bugunga qadar to‘rt marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning uchtasida qo‘qonlikar g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 10:5 jamoamiz foydasiga. O‘tgan yili G‘uzordagi bahsda 0:2 hisobi qayd etilgan.

G‘uzorda o‘tgan uchrashuvlar

18.11.2016

“Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” – 0:2

01.10. 2015

“Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” – 2:2

Hakamlar

29 aprel kuni G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi. Aytgancha, o‘tgan mavsumda ham bu jamoalarning G‘uzorda o‘tkazilgan uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshqargan. Umuman olganda, ushbu hakam o‘tgan yili jamoamiz ishtirokidagi to‘rtta uchrashuvda ishlagan.

Oliy liga, 8-tur

«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: H. Ro‘ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Mametov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!