Shota Arveladze: Umid qilamanki, terma jamoa Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etadi

  • 30 noyabr, 2018, 18:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yana bir bor "Lokomotiv"ni chempionlik bilan tabriklayman. Ular ikkinchi bosqichida 9 uchrashuvda g‘alaba qozonishdi. 

Tecno

Bugun "prestij" o‘yin bo‘ldi. Futbolchilar klub sha’ni uchun chiqishdi. Maydonga tushayotgan futbolchilar qanday jamoada o‘ynayotganliklarini tushunishlari lozim. Shuningdek bugun jamoamizni qo‘llab turgan muxlislarga, jurnalistlarga rahmat aytaman.

O‘ylashimcha, bugun maydonga tushgan futbolchilar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik va haqli tarzda g‘alaba qildik. Bugun biz mavsum davomida 3-o‘rinda kelgan kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Shunday ekan barchaga rahmat. 

Biz 20 fevralda OChL saralash bosqichidagi ilk o‘yinimizni o‘tkazamiz. Raqib 3 yildan buyon ketma-ket OFK kubogini qo‘lga kiritib kelmoqda. Shunday ekan, raqib jiddiy. Biz 24 dekabrda yig‘ilamiz va engil mashg‘ulotlarni boshlaymiz. Ammo tarkibda 14 ga yaqin futbolchi bo‘lmaydi. Ular turli yosh toifasidagi terma jamoalarga ketishadi. Umid qilamanki, O‘zbekiston musobaqa so‘nggiga qadar boradi", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!