“Shovot kubogi”ga marhamat

Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga hukumat miqyosida muntazam g‘amxo‘rlik qilib kelinmoqda. Jumladan, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turini ommaviylashtirish, selektsiya ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 13-25 aprel kunlari Xorazm viloyatida terma jamoa a’zolari va malakali trenerlar hamda hakamlar ishtirokida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini, seminar, master-klasslar hamda xalqaro musobaqa o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

21-25 aprel kunlari Urganchda “Shovot kubogi” (ochiq turniri) eshkak eshish mutaxassislari va sport muxlislari e’tiborini o‘ziga qaratishi shubhasiz.

Hozirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ishchi guruhi ana shu tadbirlar hamda musobaqani yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shovot kanalidagi murosasiz bahslar terma jamoalarimiz uchun yangi nomlarni kashf etishda o‘ziga xos bosqich bo‘ladi deb ishonamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!