Shoxruz Norxonov "Bunyodkor"ga qaytdi

  • 3 yanvar, 2019, 21:54
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Dastlabki kunda mashg‘ulotlarga kirishishdan avval "Bunyodkor" qarorgohida yig‘ilgan futbolchilar bilan klub rahbariyati yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda o‘tgan mavsumda klubda faoliyat olib borgan Mirjalol Qosimov AGMKga o‘tganligi va bosh murabbiy masalasiga tez orada aniqlik kiritilishi sababli hozircha futbolchilar bilan Shuhrat Maqsudov ish olib borishi ta’kidlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishildi. Bugungi mashg‘ulotlar asosan engil yugurish mashqlarini bajarishdi. O‘tgan mavsumda boshqa klublarga ijaraga berilgan futbolchilar ham klub ixtiyoriga qaytganini va bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etganini ta’kidlab o‘tish joiz. Jumladan hujumchi Shoxruz Norxonov ham.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!