
Sloan Stivens Amerika kortlarida porlashni boshladi
Vashington shahrida Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan "Citi Open" turnirida birinchi davra bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning ushbu bosqichida amerikalik tennischilar Sloan Stivens va Betani Mattek-Sends o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur uchrashuvda Sloan raqibasini 7:5, 6:4 hisobida mag‘lub qildi.
Shu tariqa Stivens ikkinchi davra bahslarida germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar