
Sloan Stivens dugonasini xafa qilib, finalga chiqdi
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatida xotin-qizlar o‘rtasidagi yarim final uchrashuvlari yakunlandi.
Unda ikki amerikalik tennischilar – Sloan Stivens va Medison Kiz o‘zaro raqobatlashdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda Sloan raqibini 6:4, 6:4 hisobida engdi.
Shu tariqa, "Rolan Garros" musobaqasining so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida Sloan Stivens va ruminiyalik Simona Xalep kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar