
Sneyder 6 sentyabr kuni Gollandiya termasi bilan xayrlashadi
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder 6 sentyabr kuni milliy termadagi xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi. O‘sha kuni gollandiyaliklar Amsterdamda Peru termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydongga tushadi.
– 6 sentyabr kuni men Gollandiya termasidagi so‘nggi o‘yinimni o‘tkazaman. Men ko‘p yillar davomida mamlakatim sharafini himoya qildim va bundan juda mamnunman. Bu futbolchilik faoliyatimning yakuni emas. Men hamon kuchliman va futbol o‘ynashni istayman, – deydi Sneyder.
34 yoshli Sneyder Gollandiya termasida 2003 yil aprelida 18 yoshida dubyut qilgan. U Evro-2004da bronza, JCh-2010da kumush va JCh-2014da bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Uning hisobida 31 gol mavjud. U jamoada o‘tkazgan o‘yinlari bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. 133 ta.
Fikrlar