
Spallettining diskvalifikatsiyasi bekor qilindi
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning o‘tgan turida "Fiorentina"ga (1:0) qarshi bahsida zaxira hakamiga e’tiroz bildirgani uchun bitta o‘yinga chetlatilgan edi.
Ammo, Football Italia nashrining xabar berishicha 59 yoshli mutaxassis ushbu qarorga e’tiroz bildirib, belgilangan diskvalifikatsiyani bekor qildirishga erishdi.
Biroq, shunga qaramay Spalletti baribir 5 ming evro jarima to‘laydi.
Fikrlar