"Spartak" "Roma"ga Promesning narxini e’lon qildi
Moskvaning "Spartak" klubi o‘zining gollandiyalik vingeri Kvinsi Promesning transfer narxini e’lon qildi.
Sport Ekspress nashri tarqatgan xabarga ko‘ra moskvaliklar 26 yoshli futbolchisini 30 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Ta’kidlash kerakki, Promesga ayni damda Rimning “Roma” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Promes o‘tgan mavsum “Spartak” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar