"Sport" telekanalidagi tushunmovchiliklar yoxud telekanal dasturlari har kuni o‘zgaradimi? (fotofakt)

  • 11.08.2018 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bundan avval saytimizda "Sport" telekanali Superliganing bugungi o‘yinlarini jonli efirga uzatmaydimi?" sarlavhali xabar chop etilgan edi.

Qarangki, ushbu xabarimiz O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining rasmiy (mtrk.uz) saytidagi "Sport" telekanalining bugungi dasturlariga asoslanib tayyorlangan edi. Biroq, saytimizdagi xabardan biroz vaqt o‘tib telekanal So‘g‘diyona – AGMK (18:00) hamda “Nasaf” – “Bunyodkor”  (20:00) uchrashuvlarini olib berishi haqida xabar tarqaldi. Biz yana mtrk.uz rasmiy saytiga murojaat qildik. U erda hamon Superliga o‘yinlari haqida lom-lum deyilmagan.

Jonli olib berilishi aytilayotgan So‘g‘diyona – AGMK (18:00) uchrashuvi vaqtida "Murabbiy" teleko‘rsatuvi, “Nasaf” – “Bunyodkor”  (20:00) o‘yin vaqtida esa "Sport market" hamda Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati olib berilishi ko‘rsatilgan.

11_1

Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: "Sport" telekanali o‘z dasturlarini har kuni o‘zgartiradimi?"

Telekanal mutasaddilari ushbu vaziyat yuzasidan o‘zlariga tegishli hulosa chiqarib, kelajakda o‘z muxlislariga aniqroq ma’lumot berishadi degan umiddamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sports.uz tahririyati
11/08/2018 15:09
Shuyam xabarmi? PFLni tuturuqsiz reglamentini kanaldagila qaydan bilsin? ja tuturug'i yuq jurnalist ekan kim yozgan busayam