Sport vazirligi tomonidan “Toshkent shahar spartakiadasi” tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 1-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba “Toshkent shahar spartakiadasi” sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Spartakiadadan ko‘zlangan maqsad yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish va sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalari sport zaxirasiga munosib sportchilarni tayyorlashdir.

Tosh-shah-sparta (3)

Mazkur spartakiadada 18 yoshgacha bo‘lgan Toshkent shahrining tuman bosqichlaridan saralangan jami 2211 nafar yosh sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

“Toshkent shahar spartakiadasi” sport musobaqalari oldidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mazkur musobaqani qay tarzda yoritish, jurnalistlar uchun musobaqa haqida ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek, bugun 1 noyabr kuni spartakiada dasturidan o‘rinolgan Badiiy gimnastika va Basketbol sport turlari bo‘yicha musobaqalar boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, ushub sport musobqasida sportning 18 turi bo‘yicha bahslar 12 ta sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Sportchilar  jami 664 ta medallar uchun kurash olib boradi. Shundan, 201 ta oltin, 201 ta kumush, 262 ta bronza medallaridir.

Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi 2018 yil 3 noyabr kuni Chilonzor tumanidagi “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Tosh-shah-sparta (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!