Suares ham hech nima qila olmagan 8 uchrashuv

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“PSJ”ga qarshi o‘yinda “Barselona”ning mashxur MSN triosi hech nima qila olgani yo‘q. Ushbu trio a’zosi Luis Suares faoliyatida xuddi shunday, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan va Suares “o‘zini” ko‘rsata olmagan o‘yinlar soni “PSJ” bilan o‘yinni ham hisoblaganda 8 tani tashkil etar ekan. Quyida shular haqida hikoya qilamiz.

“Tvente” 7 – 1 “Groningen”

Gollandiya Eredivizioni 2006/07

Gollandiya Eredivizioni 2006/07

Suaresning Evropadagi ilk klubi bu “Groningen” sanaladi. Mazkur jamoa safida bir mavsum to‘p surgan Luis va Erediviziyada 29 uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo 2006/07 yilgi mavsum 12-turdan o‘rin olgan “Tvente”ga qarshi bahsda “Groningen” yirik 1–7 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi. Mazkur o‘yinda urugvaylik forvard to‘liq o‘ynagan bo‘lsa-da, amalda uning qo‘lidan hech nima kelmagan.

“PSV” 6–2 “Ayaks”

Gollandiya Eredivizioni 2008/09

Amsterdam klubi Suares uchun 7,5 mln evro to‘laydi va urugvaylik forvardni o‘z safiga qo‘shib oladi. Yangi jamoadagi ilk mavsumda Suares Eredivizionda 33 o‘yinda ishtirok etadi va 17 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etadi. “PSV”ga qarshi o‘yinda Suares gol kiritishga erishadi. Ammo uning goli g‘alaba tugul, durang uchun ham kamlik qiladi va amsterdamliklarning mazkur mag‘lubiyati van Gaal boshchiligidagi “AZ”ni muddatidan oldin chempion qilgan edi.

“Sparta Rotterdam” 4–0 “Ayaks”

Gollandiya Eredivizioni 2008/09

Chempionlik boy berilgach, “Ayaks”ning o‘yinida pasayish yuz berdi va jamoa ketma-ket ochkolar yo‘qotishi natijasida ikkinchi o‘rinni ham boy bergan edi. Mazkur o‘yinda Luis to‘liq o‘ynagan bo‘lsa ham amalda hech nima qila olmagan edi.

Urugvay 0–4 Braziliya

JCh–2010 saralashi

Oskar Tabares boshliq Urugvay o‘z maydonida Braziliyaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy beradi. Kaka, Luis Fabiano, Daniel Alves xamda Xuan Blankolar to‘p kiritgan mazkur uchrashuvda qahramonimiz o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlab, so‘ng o‘rnini Edinson Kavaniga bo‘shatib bergan edi, o‘shanda.

“Ayaks” 0–4 “Real”

EChL 2010/11

Tarkibida Suaresi bor bo‘lgan “Ayaks” o‘z maydonida Madridning “Real”idan qaqshatgich “zarba”ni qabul qilib olgan edi. Benzema, Arbeloa va Ronaldu(2 marta)lar zafar quchgan o‘yinda urugvaylik hujumchi 90 daqiqa ichida Kasilyas darvozasi oldida nimalardir qilishga harakat qilgan bo‘lsada, amalda hech narsaga erisha olmagan.

“Tottenxem” 4–0 “Liverpul”

APL 2011/12

Suares tumanli albionga ko‘chib o‘tgach ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Faqat “qizillar” libosida APLdagi 5-o‘yini omadsiz o‘tgan edi. Boisi, o‘sha 5-turda “Liverpul” mehmonda “Tottenxem”dan javobsiz 4 ta to‘p o‘tkazib yuborgan edi. O‘yinni to‘liq o‘tkazgan Luis “shporlar” darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqa olmagan edi.

“Atletik” 4–0 “Barselona”

Ispaniya superkubogi 2015

Superkubok uchun kechgan ilk o‘yinda “Barsa” ilk daqiqalardanoq uzoq masofadan to‘p o‘tkazib yuborgan. Qolgan daqiqalar esa bilbaoliklar hujumchisi Adurisning benefisiga aylanib ketgan edi. O‘shanda Arits kataloniyaliklar darvozasiga 3 ta to‘p kiritishni uddalagan edi. Bizning qahramonimiz esa maydonda 90 daqiqa to‘p surgan bo‘lsada, Gorka Iraisoz darvozasini ishg‘ol eta bilmagan, xattoki, javob bellashuvida ham.

“PSJ” 4–0 “Barselona”

EChL 2016/17

Bu bellashuvda nafaqat, Suares, balki jamoadagi barcha futbolchilar umuman o‘zlariga o‘xshashmadi. Bir so‘z bilan aytganda na Suares va na Messi yoki Neymar Trapp darvozasi oldida aytarli vaziyat yarata bilishmadi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!