
"Suonsi" Lorenteni "Tottenxem"ga sotishga rozi bo‘ldi, "Chelsi" esa dog‘da qoldi
Uelsning “Suonsi” klubi hujumchisi Fernando Lorente faoliyatini “Tottenxem”da davom ettiradigan bo‘ldi.
VVS Sportning xabar berishicha klub yozgi transfer derazasining so‘nggi kunida 32 yoshli ispaniyalik futbolchi borasida “shporlar” bilan kelishuvga erishgan. Ushbu shartnoma yaqin vaqtlar ichida rasman imzolanishi kutilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, “Tottenxem” bu borada hamshahari “Chelsi”ni dog‘da qoldirdi. Boisi, “aristokratlar” ham Lorentening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar