
Superliga-2018: “Lokomotiv” chempionatni “Qizilqum”ni mag‘lub etish bilan boshladi
Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati — Superliga bahslari start oldi. Birinchi bo‘lib bahslarga “Qizilqum” – “Lokomotiv” kirishdi.
Uchrashuvda dastlab Marat Bikmaev hisobni ochdi va Superligada dastlabki gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Ikrom Aliboevning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi uzoq burchakka borib tushdi - 0:2.
Hakam tomonidan uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sardor Mirzaev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yarim himoyachi Oleg Zoteev uzatib bergan to‘pni jarima maydoni ichidan mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, bellashuv "Lokomotiv"ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Superliga-2018. 1-tur
1 mart (payshanba)
«Qizilqum» – «Lokomotiv» 0:3
Gollar: Marat Bikmaev 33, Ikrom Aliboev 57, Sardor Mirzaev 90+3
"Qizilqum": 77.Evgeniy Cheremisin, 4.Erkin Baydullaev, 5.Giorgiy Kvesieshvili, 7.Nodirxon Kamolov (8.Akmal Rustamov, 46), 11.Doniyor Usmonov (18.Samandar Shodmonov, 46), 14.Fayzulla Qambarov, 21.Muxsinjon Ubaydullaev, 23.Sherali Jo‘raev, 30.Elguja Grigalashvili, 44.Mirjalol Qosimov (16.Alisher Yusupov, 72), 84.Nemanya Yovanovich.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 3.Husniddin Fazliddinov, 6.Suxrobjon Yarashev, 9.Xumoyun Abdualimov, 19.Sergey Proxorov, 70.Andrey Sidirov.
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev (99.Cho Suk Jae, 85), 15.Sardor Mirzaev, 19.Husniddin G‘ofurov (77.Diyor Turopov, 70), 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 22.Sanjar Shoahmedov (4.Boburbek Yo‘ldashov, 80), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Aleg Zoteev.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 8.Sherzodbek Karimov, 17.Salim Mustafoev, 27.Sardor Rashidov, 88.Igor Elich.
Ogohlantirishlar: Mirjalol Qosimov 31, Sardor Mirzaev 39, Akmal Rustamov 74
Fikrlar