Taekvondo. Rafalovich va Shokin Xitoydagi turnirni g‘alaba bilan boshladi

  • 13 dekabr, 2018, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WTF bo‘yicha nufuzli «Katta Dubulg‘a» turniri start oldi. Ushbu turnirda yurtimiz sharafini ikki nafar sportchi – Nikita Rafalovich (-80 kg) va Dmitriy Shokin (+80 kg) himoya qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti ma’lum qildi.

Tecno

Kecha har ikki sportchimiz ham turnirdagi dastlabki janglarini o‘tkazishdi. -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich ilk davrada moldovalik Aaron Kukni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi u navbatdagi jangini rossiyalik Maksim Xramtsovga qarshi o‘tkazadi.

+80 kg vaznli sportchimiz Dmitriy Shokin esa britaniyalik Mahama Choga qarshi dayanga chiqdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun koreyalik Kyo Don Inga qarshi jang o‘tkazadi. Chorak final janglari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi qimmatli reyting ochkolaridan tashqari 70 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ikkinchi o‘rin 20 000, uchinchi o‘rinni egallagan sportchi esa 5 000 AQSh dollariga ega chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!