
Taqdirmi yoki tasodif? Runining yubiley gollari “Man Siti” darvozasiga kiritilgan
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi, ayni vaqtda “Everton” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi “Manchester Siti”ga qarshi (1:1) APL 2-turida Premer-ligadagi 200-golini kiritdi.
Tajribali hujumchi 50, 100 va 200-gollarini aynan “Manchester Siti” jamoasiga kiritgani ko‘pchilikni hayratga solmoqda.
Qayd etish kerakki, Ueyn Runi APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida “Blekbern” va “Nyukasl” sobiq hujumchisi Alan Shirerdan (260 ta gol) keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar