
Terri Anri Golovinning harakatlari haqida aytib o‘tdi
"Monako" klubi bosh murabbiyi Terri Anri EChL guruh bosqichi doirasida "Bryugge"ga qarshi (1:1) uchrashuvda Aleksandr Golovinning harakatlariga to‘xtalib o‘tdi.
- Durang natijaga qaramay ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Aleksandr Golovinning uzatmasidan so‘ng Mussa Silla raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
"Bryugge"ga qarshi bahsga tayyorgarlikda biz raqibning kuchini to‘g‘ri baholagandik. Birinchi taym yakunigacha biz mushkul ahvolda edik, biroq futbolchilarning maydondagi harakatidan qoniqdim, - deya Anrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy veb-sayti.
Fikrlar