
Terrining taqdiri nima bo‘ladi?
"Chelsi" bosh murabbiyi Antoni Konte jamoaning uzoq yillik sardori Jon Terrining klubdagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelganini ma’lum qildi. Avvalroq, tajribaliya himoyachi "Bornmut" tarkibiga o‘tib ketishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
- Terri maydonda va undan tashqari klub uchun juda katta ahamiyatga ega shaxs hisoblanadi, - dedi Antonio Konte. - Jon biz bilan birga qoladi. Uning ketishi haqidagi xabarlar asossiz.
Bunday gap-so‘zlarning chiqishiga Jon Terrining asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgani sabab bo‘lmoqda. Tajribali himoyachi joriy mavsumda APLda atigi beshta uchrashuvda maydonga tushdi.
SPORTS.uz
Fikrlar