Tezkor yangilik: Messidan yangilik kutamiz
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa etakchisi Lionel Messi klub bilan amladagi shartnomani uzaytiri bo‘yicha rasman muzokaraga kirishganidan mamnun ekanini bildirdi. Lionel Messi anchadan buyon yangi shartnoma tuzish bo‘yicha "Barselona" taklifini rad etib kelayotgan edi.
- Bu xabar meni xotirjam qildi, - dedi Luis Enrike. - Messi jamoa bilan yangi bitim imzolaydigan futbolchilar sirasiga kiradi. Messi shartnoma imzolagani raman e’lon qilingan biz buni bayram qilamiz.
Lionel Messi "Barselona"da tarbiyalangan. Argentinalik hujumchi 2003 yildan buyon asosiy tarkibda to‘p suradi. Lionel Kataloniya klubi tarkibida 549 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 473 ta gol urgan. Sakkiz marotaba Ispaniya chempionatida, to‘rt marta Evropa chempionlar ligasida va uch bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.
Xullas, Lionel Messidan yangilik kutamiz!
Fikrlar