Tomash Berdixning zarbasiga raqib dosh bera olmadi
Chexiyalik Tomash Berdix tennis bo‘yicha Melburnda o‘tayotgan Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida g‘alaba qozondi.
Tomash ushbu bosqichda gollandiyalik Robin Xaazni 6:1, 6:3, 6:3 hisobida engdi va uchinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa "Australian Open" musobaqasining navbatdagi bosqichila Berdix argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar