
"Tottenxem" so‘nggi 15 yildan buyon ilk bor mavsumlar oralig‘ida futbolchi sotib olmagan APL klubiga aylandi
Londonning “Tottenxem” klubi premer-liga tarixida ilk bor 2003 yildan buyon yozgi transferlar davrida yangi futbolchi xarid qilmagan jamoaga aylandi.
Aytish lozimki, “shporlar” transfer derazasi yopilishiga sanoqli kunlar qolganda "Aston Villa" xavbeki Jek Grilishni sotib olishga urinib ko‘rishdi, biroq yakunda jamoalar o‘zaro kelishuvga erisha olishmadi.
Yana bir e’tiborli jihati, “Tottenxem” joriy mavsum Evropaning kuchli beshlik chempionatlari ishtirokchilari orasida futbolchi sotib olmagan yagona jamoaga ham aylandi.
Fikrlar