Tuxel PSJga "Barselona" hujumchisini olib kelmoqchi
PSJ bilan shartnoma imzolashi kutilayotgan Tomas Tuxel yozda yangi jamoasiga "Barselona" forvardi Usmon Dembeleni jalb etmoqchi.
Unga ko‘ra 44 yoshli germaniyalik mutaxassis “Borussiya” Dortmunddagi sobiq shogirdini Parij klubida ham ko‘rmoqchi. Tuxel allaqason 20 yoshli frantsuzni o‘zining transfer ro‘yxatiga kiritib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida 21ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar