UEFA "Manchester Siti"ni EChLdan chetlatishi mumkin
UEFA “Manchester Siti” klubini 2019/20 mavsum Evropa chempionlari ligasidan chetlatishi mumkin, deya xabar beradi The Guardian nashri.
Manbada yozilishicha, UEFA bunga avvalroq Football Leaks nashrida chiqqan xabarga ko‘ra ushbu qarorni qabul qilishi mumkin. Gap shundaki, “shaharliklar” o‘z daromadlari bog‘liq holda yangi o‘yinchilarni ko‘proq pul sarflash imkoniyati uchun homiylik aloqalarini oshirgan.
Shuningdek, “Manchester Siti” rahbari klub xarajatlarining ma’lum qismini bevosita o‘ziga olgan. Yana “shaharliklar” rasmiy hisobotlarsiz sirli ravishda moliyalashtirgan.

Fikrlar