
UEFA "Milan"ni mukofot pullaridan mahrum qilmoqchi
Italiyaning "Milan" klubi Evropa ligasida ishtirok etganligi uchun beriladigan mukofot pulidan mahru etilishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
“Rossonerilar” prezidenti Paolo Skaronining so‘zlariga ko‘ra UEFA aynan shu yo‘l bilan moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun uning jamoasini jazolamoqchi. Ta’kidlash kerakki, gap 2,5 mln evro haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, milanliklar mavsum boshida aynan moliyaviy feyr-pley qoidasiga amal qilmaganlari uchun UEFA tomonidan Evropa ligasida ishtirok etishdan mahrum etilishgan edi. Ammo, keyinchalik sport arbitraj sudi ushbu qarorni bekor qilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Milan” musobaqaning o‘tgan 2ta turidan so‘ng “F” guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar