
UEFA "Milan"ni qanday jazolashini ma’lum qildi
UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgan "Milan" uchun qanday jazo tayinlashini ma’lum qildi.
Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar”ga nisbatan qo‘llaniladigan jazo uch qismga bo‘linadi. Birinchisi, “Milan” joriy mavsum Evropa ligasida ishtirok etganligi uchun beriladigan 12 mln evro mukofot pulidan mahrum etiladi. Ikkinchidan, ular kelgusi 2ta evrokuboklarda 21tadan ortiq futbolchini qaydnomadan o‘tkaza olishmaydi. Uchinchidan, milanliklar 2021 yilning 30 iyuniga qadar ko‘rilgan zarardan to‘liq qutulishlari kerak.
Agar yuqoridagi shartlar bajarilmasa, “Milan” 2022/23 va 2023/24 yilgi mavsumda evrokuboklarga qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, yozda UEFA “Milan”ni Evropa ligasidan chetlatishga harakat qilgan edi.
Fikrlar