
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasining hafta goliga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi
Xabaringiz bor joriy hafta Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bugun UEFA rasmiy sayti haftaning eng chiroyli goliga nomzodlarni e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatdan “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning «Roma» (2:0) darvozasiga, “Real” yarim himoyachisi Luka Modrichning APOEL (6:0) darvozasiga, “Tottenxem” hujumchisi Son Xin Minning “Borussiya” Dortmund (2:1) darvozasiga, PSJ himoyachisi Dani Alvesning “Seltik” (7:1) darvozasiga hamda “Napoli” hujumchisi Lorentso Insinening “Shaxtyor” (3:0) darvozasiga kiritgan gollari joy oldi.
Ushbu gollarni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar