Uayt: Xabibning jamoasi keyingi jang uchun 50 mln talab qilishmoqda
UFC prezidenti Deyna Uayt promoushen engil vazn toifasida chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Azizning so‘zlariga o‘z fikrini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Abdul-Aziz Xabib keyingi jangini 50 million dollardan kamiga o‘tkazmasligini aytib o‘tdi.
- Xabibga bunday gonorar berilishi mumkinmi?
- Albatta (kuladi)! Ular necha pulga loyiqliklarini bilishadi. Ularning jamoasi bu savolga qanday javob qaytarishimni ham juda yaxshi bilishadi, - dedi Uayt.



Fikrlar