Uelbek faoliyatini Londonning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin

  • 7 noyabr, 2018, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Danni Uelbek boshqa bir London jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Gap shundaki, 27 yoshli angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. “Kanonirlar” esa haligacha unga yangi shartnoma taklif qilishmadi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Uelbek bilan sodir bo‘layotgan voqealarni "Kristal Pelas" jiddiy kuzatib bormoqda. Ular mavsum tugashini kutib o‘tirishmoqchi emas va qishki transferlar chog‘idayoq Uelbek uchun “Arsenal”ga 11,5 mln evro taklif qilishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Uelbek joriy mavsum "Arsenal" safida APLda jami 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!