Uelbek yozda "Arsenal"dan ketadi

  • 03.10.2018 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Denni Uelbek joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 27 yoshli futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va klub u bilan kelishuvni uzaytirishni istamayapti.

Ma’lumot uchun, Uelbek “Arsenal” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 84ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 16ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!