
Uesli Sneyder Gollandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Qatarning "Al-Garafa" klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Uesli Sneyder Gollandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqda.
Unga ko‘ra 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Gollandiya – Peru uchrashuvi Sneyder uchun xayrlashuv o‘yini bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Sneyder Gollandiya terma jamoasi sharafini 2003 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 133ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar