Uimbldon. Bu yilgi musobaqalar boshqacha o‘tmoqda
“Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan Uimbldon turnirining birinchi davra o‘yinlari yakunlandi. Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasi birinchi davrasida bo‘lib o‘tgan 64 ta bahsning naqd 7 tasida o‘yin oxiriga qadar etmay qoldi.
Federer yana bir katta natijani qayd etdi
Jumladan Nik Kiros(Avstraliya), Aleksandr Dolgopolov(Ukraina), Martin Klijan(Slovakiya), Yanko Tipsarevich va Viktor Troitski(ikkalasi Serbiya), Felisyano Lopes(Ispaniya) xamda hamyurtimiz Denis Istominlar ilk davradagi o‘yinni oxirigacha davom ettira olmasliklarini ma’lum qilishdi va ularning raqiblari keyingi davraga yo‘l olishdi.
Sanjar Germaniya kortlarini zabt etishni boshladi
E’tiborlisi, bunday xodisa Uimbldon “ochiq” tizimga o‘tgan 1968 yildan buyon ikkinchi bor qayd etilmoqda. Bundan oldin, 2008 yilda ham 7 nafar tennischi ilk davrada o‘yinni oxiriga etkaza olmasdan, kurashdan chiqqan edi.

Fikrlar