Uli Shtilike: O‘zbekiston va Janubiy Koreya 2-o‘rin uchun kurashadi

  • 14.11.2016 13:30
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ertaga Janubiy Koreya – O‘zbekiston bahsi o‘tkaziladi. Bugun tomonlar o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar ustozi Uli Shtilike ishtirok etdi. 


- O‘zbekistonga qarshi o‘yin juda muhim. Chunki bu bosqichda O‘zbekiston va Janubiy Koreya asosiy raqiblar. Ertangi bahs orqali O‘zbekiston ochkolarini ko‘paytirib, oldinga o‘tib olishga urinadi. Biz ham 2-o‘rin uchun kurashamiz. Bu o‘yin ko‘p narsani hal qilib beradi. O‘zbekiston Iordaniyaga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ular himoyaviy o‘yinni yaxshi olib borishmoqda. Faqatgina Eronga qarshi uchrashuvda jarimadan gol o‘tkazib yuborishdi. Agar bizning O‘zbekistonga qarshi bahsda hujumkor o‘yin ko‘rsatishimizni istasangiz, Kanadagi qarshi o‘yinni ko‘rib chiqing. Unda jamoaviy o‘yin yaxshi bo‘ldi. Hujumda barcha futbolchilar ishtirok etishadi. Bosimda ham. Himoya esa yaxshi shakllangan. 
Bu katta o‘yin. Psixologik nazorat juda muhim. Kanadaga qarshi uchrashuv biz uchun juda zarur edi. Men bu bellashuvni o‘z futbolchilarim bilan muhokama qildim. Qolaversa, O‘zbekistonga qarshi bellashuvda futbolchilarning mahorati ham juda muhim hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!