
Ulug‘bek Baqoev: Chempionat yakunlanayotgani bilan barchani tabriklayman
Bgun Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Buxoro” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘zining o‘yin haqidagi fikrini bildirib o‘tdi.
"Bugun mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak edi. Lekin futbol shunisi bilan ham qiziq. Futbol shunday o‘yinki, unda raqib darvozasini ishg‘ol etadigan jamoa yakunda g‘alaba qozonadi. “Metallurg” jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan, qolgan barchani mavsum yakunlanayotgani bilan tabriklayman. Oldinda terma jamoamizni muhim Osiyo kubogi kutib turibdi. Milliy terma jamoamizga omad va muvaffaqiyatli ishtirokni istab qolaman. “Buxoro” mavsumni turlicha o‘tkazganini ta’kidlay olaman. Bizda juda yaxshi o‘ynagan vaqtlarimiz ham, o‘yinimiz qovushmasdan biroz pastga sho‘ng‘ish vaziyatlari ham mavsum davomida kuzatildi," - dedi murabbiy.
Fikrlar