Ulug‘bek Baqoev: Mag‘lubiyat uchun aybni o‘z zimmamga olaman

  • 13 avgust, 2018, 10:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turning so‘nggi bellashuvi Namanganda kechdi. Unda "Navbahor" "Buxoro"ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan so‘ng buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

"Birinchi navbatda “Navbahor” jamoasini qo‘lga kiritilgan haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuvda qayd etilgan mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni esa o‘z zimmamga olaman. Bugun bir qator etakchilarimiz jarohat tufayli jamoamizga yordam bera olishmadi. Salomov ham o‘yin oldidan o‘zini yaxshi his etmadi. Yakunda esa imkoniyatni boy berib qo‘ydik", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!