Umid Ahmadjonov: Bu g‘alaba futbolchilarimizni ruhlantirishi aniq

  • 10 yanvar, 2019, 10:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi dastlabki o‘yinini o‘tkazdi. Ummonga qarshi uchrashuvni hammamiz ko‘rdik, chindan ham qiyin bo‘ldi. Lekin bu Osiyo Kubogi bo‘lgani uchun aslida ham har bir uchrashuv mana shunday tarzda og‘ir o‘tishi tabiiy. Axir hech kim g‘alabani sizga o‘z qo‘li bilan topshirib qo‘ymaydi. Asosiy faktor shundaki, biz nima bo‘lsa ham birinchi o‘yinda g‘alaba qozondik, boshqasi muhim emas. To‘g‘ri, o‘yin davomida xato va kamchiliklar kuzatildi. Ammo bu murabbiylar hal qiladigan ish. Biz esa terma jamoamizning ilk uchrashuvidagi muhim g‘alabasidan xursandmiz. Ummonga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘yin haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

Tecno

- Avvalambor xalqimizni dastlabki qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Eng muhimi biz uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Guruhimizda Yaponiya borligi sababli hamma biz uchun ular bilan o‘yin og‘ir o‘tishini aytishayotgandi. Ammo dastlabki uchrashuv shuni ko‘rsatdiki, aslida Ummon terma jamoasi biz uchun eng xavfli raqib edi.

- Mana shunday qiyin kechgan uchrashuvda futbolchilarimizning matonat ko‘rsatib, g‘alaba uchun oxirigacha kurashishganidan xursandman. Ko‘rayotgan bo‘lsangiz, Osiyo Kubogida bir qator kutilmagan natijalar ham kuzatilyapti. Bu erga kelgan har bir jamoaning o‘z maqsadi bor. Hech kim shunchaki yutqazib berishni istamaydi. Shu sababli Ummon ham bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi.

- Xudoga shukrki, Ummon to‘sig‘idan eson-omon o‘tib oldik. Bu g‘alaba esa futbolchilarimizni yanada ruhlantirishi aniq. Ishonamanki, jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib boraveradi. Futbolchilarimiz xalqimizning qo‘llab-quvvatlayotganini his qilib turishibdi. Biz bu erga nima maqsadda kelganimizni juda yaxshi bilamiz, niyatlarimiz katta. Xudo xohlasa, BAAdan Osiyo Kubogi bilan qaytamiz – dedi Umid Muhammadjonovich.

Shuhratbek Jo‘raev suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ravshan Ashurmatov
10/01/2019 11:19
Uyat degan so'z yo'q ekan a lug'atingizda Ahmadjonov?
Salokhiddinov Akhrorjon
10/01/2019 11:06
Shuncha odamni qarg'ishiga qolasan hammen. Bechora futbolistlarimizniyam chiritvordilarin soqqani dardida. Maqsadin pul ishlash bo'lsa bozorga chiq UMID
Anjanlik
10/01/2019 10:51
Bizga Mirjalolni qaytaring Umid Akaaaaaaa
Anjanlik
10/01/2019 10:47
Xurmatli Umid Axmadjonov! Intervyu beriwdan tawqari yana nimalar bilan wug‘ullanadiz?
zohir_t
10/01/2019 10:26
Bunaqa hoʻja koʻrsinga ish qiladigan rahbarni kprmadim, kuperinggayam, sengayam, oʻsha futbolingayam
zohir_t
10/01/2019 10:15
Bu Shuxratbek degichlari yeb qoʻygan odamdek faqat UAdan intervu oladi, har kuni