"Uzbek Tigers" a’zosi Murodjon Ahmadaliev professional boksda faoliyatini davom ettiradi

  • 14 dekabr, 2017, 09:43
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi Murodjon Axmadaliev havaskorlar boksini tark etib, professional ringda faoliyatini boshlashga qaror qildi.

Tecno

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lgan bokschimiz shu maqsadda okeanortiga – Nyu-Yorkka (AQSh) yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Murodjon havaskorlar boksida 2015 yil Doxada o‘tgan Osiyo chempionatida kumush, 2017 yil Toshkentdagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U shuningdek, milliy va xalqaro turnirlarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olib kelgan.

Avvalroq, yana bir iste’dodli bokschimiz Shahram G‘iyosov ham professional faoliyatini boshlash uchun AQShga yo‘l olganini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!