Vatanparvarlik avtoyurishi (foto)

BEPUL PROPAN


  An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Vatanparvarlik avtoyurishi” ishtirokchilari karvoni Namangan avtomobil maktabining saf maydonidan chiqib, viloyat markazidagi “Xotira xiyoboni” ga keldi va bu erda “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gullar qo‘yildi.

 So‘ngra avtokarvon Namangan, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on tumanlari tomon yo‘l oldi. Mazkur tumanlardagi bolalar musiqa va san’at maktablari, mahalliy hokimliklar majlislar zalida vatanparvarlik va ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

 Tadbirlarda tuman hokimlari va o‘rinbosarlari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbariyati, tarixchi olimlar, Mudofaa vazirligi faxriylar kengashi a’zolari, ikkinchi jahon urushi, Qurolli Kuchlar va “Vatanparvar” tashkilotining faxriylari, nuroniylar, “Vatanparvar” tashkiloti Namangan avtomobil maktabida tayyorgarlikdan o‘tayotgan chaqiriluvchilar vakillari ishtirok etdi.

 Tadbirlarda mustaqillik yillarida xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan 29 nafar harbiy xizmatchi, ichki ishlar va bojxona xodimlarining farzandlari hamda oila a’zolariga “Vatanparvar” tashkilotining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

 “Vatanparvarlik avtoyurishi” tomonidan shu kuni viloyat bo‘ylab 80 kilometr yo‘l bosilib, shahar va tumanlardagi yurtdoshlarimizga quvonch ulashildi.

Avtoyurish (2)

Avtoyurish (3)

Avtoyurish (4)

Avtoyurish (5)

Avtoyurish (6)

Avtoyurish (7)

Manba: uza.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!