Vengerga Italiyada ish topildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Repubblica nashrining xabar berishicha, "Milan" "Inter" (0:1) va "Betis"ga (2:1) qarshi bahslarda imkoniyatni boy berganidan so‘ng, Jennaro Gattuzo bosh murabbiy lavozimini tark etishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa yangi sport direktori Ivan Gazidis, klub prezidenti Paolo Skaroni bilan bu borada suhbatlashgan. Ivan ushbu lavozimga nomzodlar qatoriga Arsen Vengerni qo‘shib qo‘ygan. Aytib o‘tish joizki, Gazidis "Arsenal"da Venger bilan faoliyat olib borgan.

Ilgariroq, "Milan" klubini Antonio Konte yoki Roberto Donadoni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!