"Vest Xem" A Seriya yulduzlaridan birini APLga olib kelmoqchi

  • 19 yanvar, 2019, 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi "Torino" forvardi Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football Italia  nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “bolg‘achilar” 25 yoshli italiyalik futbolchini tez orada jamoadan ketishi aytilayotgan Marko Arnautovichning o‘rniga munosib ko‘rishmoqda. Buning uchun ular turinliklarga 40 mln evro berishga tayyor, biroq “Torino” 60 mln evro so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, Belottining shartnomasiga ko‘ra tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi. U joriy mavsum “Torino” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!