
“Vest Xem” etakchilaridan biriga yangi shartnoma taklif qiladi
Londonning “Vest Xem” klubi raxbariyati jamoa yarim himoyachisi Maykl Antonio bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
The Guardian nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra londonliklar Antonioga besh yarim yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi. Yangi kelishuvga ko‘ra angliyalik futbolchining maoshi ikki barobarga oshiriladi va uning haftalik maoshi 80 ming funtga etkaziladi. Ta’kidlash kerakki, Maykl so‘nggi yillarda “Vest Xem”ning asosiy figuralaridan biriga aylangan.
Ma’lumot uchun, Antonio premer-liganing bu mavsumida raqiblar darvozasini sakkiz bor aniq nishonga olgan va uchta golga assisentlik qilgan. Avvalroq, Maykl Antonioning xizmatlariga “Chelsi” klubi qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar