
"Vest Xem" nima uchun Manchini nomzodidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi
Londonning “Vest Xem” klubi rahbariyatida Slaven Bilichni iste’foga chiqargach, jamoa boshqaruviga “Zenit” bosh murabbiyi Roberto Manchinini olib kelish varianti ham bo‘lgan. Biroq, keyinchalik o‘zlarining bu shashtlaridan qaytishgan.
The Sun nashrining ma’lum qilishicha bunga sabab italiyalik mutaxassis “bolg‘achilar”dan yiliga 15 mln funt maosh talab qilgan. Taqqoslash uchun, MYu ustozi Joze Mourino ham deyarli shuncha maosh oladi. Bundan tashqari Manchini bir yilda 10 marotaba biznes klassdagi shaxsiy samalyotda 10 marta borib qaytish uchun sharoit yaratib berishni ham so‘ragan.
Yakunda esa “bolg‘achilar” Manchinin nomzodidan voz kechishib, Devid Moyesni tanlashdi.
Fikrlar