"Vest Xem"dan iste’foga chiqarilgan Devid Moyesga xaridor chiqdi

  • 20 may, 2018, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan bir necha kun oldin Londonning “Vest Xem” klubidan iste’foga chiqarilgan Devid Moyes mavsum yakunlariga ko‘ra APLni tark etgan "Stok Siti"ni boshqarishi mumkin.

The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klub rahbariyati 44 yoshli shotlandiyalik mutaxassis jamoani yana premer-ligaga qaytarishiga ishonmoqda. Buning uchun ular Moyesga yaxshigina maosh va transferlar uchun etarli mablag‘ taklif qilishga tayyor.

Esatib o‘tamiz, “Stok Siti” kecha bosh murabbiyi Pol Lambertni lavozimidan ozod etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!