Video. MMA jangchisi Zubayra Tuxugov o‘zbekistonlik go‘zal bilan raqsga tushmoqchi bo‘ldi
Kecha Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida O‘zbekiston jui-jittsu federatsiyasi tashabbusi bilan qoidasiz janglarda (MMA) mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xabib Nurmagomedov va bir qator taniqli MMA jangchilari Zubayra Tuxugov, Islam Maxachev, Islam Mamedov, Abubakar Nurmagomedov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida ushbu MMA jangchilari muxlislar qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Savollarning asosiy qismi engilmas jangchi Xabib Nurmagomedovga berilgan bo‘lsa, anjumanning eng esda qolarni qismi Xabib Nurmagomedov Zubayra Tuxugovni o‘zbekistonlik muxlisasini kuttirmasdan raqsga tushish kerakligini aytib o‘tgani bo‘ldi.
- Meni savolim Zubayra Tuxugovga. Bilamiz siz qoyilmaqom tarzda raqsga tushishni uddalaysiz. Ijtimoiy tarmoqlarda raqsga tushayotganingiz aks video paydo bylgan edi. Ushbu raqsni davomini qachon ko‘rishimiz mumkin?
Davomi quyidagi video lavhada.
Fikrlar