Viktoriya Azarenkoning o‘ziga ishonchi ortdi
Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko San-Xoseda o‘tayotgan "Mubadala Silicon Valley Classic" turnirning ikkinchi davrasiga chiqdi.
Viktoriya musobaqaning birinchi davrasida ukrainalik Katerina Bondarenkoga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:3, 6:7, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Viktoriya Azarenko musobaqaning chorak finaliga chiqish uchun ispaniyalik Garbin Mugurusa sinovidan o‘tadi.

Fikrlar