"Vilyarreal" joriy mavsumda ikkinchi marta bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Luis Garsiya Plasani iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bunga jamoaning qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari sabab sifatida keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 46 yoshli Plasa "Vilyarreal"ni o‘tgan yilning 10 dekabrida qabul qilib olgan edi. U bu lavozimda Xaver Kalexoning o‘rnini egallagan edi. “Sariq suv osti kemasi” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar