
Vladimir Klichko ringga qaytadimi?
Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko menejeri Bernd Bente ukrainalik bokschining ringga qaytishni rejalashtirmayotganini ta’kidlab o‘tdi.
– Hozir u boksdan tashqari ko‘p proektlari bilan band. U turli kompaniyalarda hamkor va maslahatchi bo‘lib ishlamoqda. Uning asosiy faoliyati biznes-modellar va turli biznes-proektlar bilan bog‘liq. Hamkorlikdagi misollar Sent-Gallen universiteti bilan yo‘lga qo‘ygan ishini keltirish mumkin.
– U ringga qaytishi mumkinmi? Hes qachon “hech qachon” deb gapirma, ammo ayni damda men uning faoliyatini qayta boshlashiga sabab ko‘rmayapman, – deya Bentening so‘zlarini keltiradi World Boxing News nashri.
Eslatib o‘tamiz, Klichko so‘nggi jangida Entoni Joshuadan texnik nokaut qabul qilib olgan va shundan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Avvalroq, Vladimir Klichko ringda Lennoks Lyuis bilan uchrashmoqchi ekanligi ma’lum qilingan, biroq bu boks jangi bo‘lmaydi.
Fikrlar