Wenger Out: "Arsenal" safarda "Vest Bromvich"ga yutqazdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya chempionati 29-turida "Arsenal" safarda "Vest Bromvich" mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli kechgan o‘yinda maydon egalari  3:1 hisobida zafar quchdi. 

G‘oliblar safida himoyachi Douson dubl qayd etgan bo‘lsa, Robson-Kanu o‘z hisobida bitta gol yozdirib qo‘ydi. "Arsenal" safida esa Aleksis Sanches bitta javob golini kiritdi. 

Vest Bromvich – Arsenal 3:1

Gollar:1:0 – 12 Douson, 1:1 – 15 Sanches, 2:1 – 55 Robson-Kanu, 3:1 – 75 Douson.

Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Fletcher, Livermor, Shadli, Brant (Yakob, 72), Makkleyn, Rondon (Robson-Kanu, 54).

Arsenal – Chex (Ospina, 38), Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Remzi, Djaka, Uolkott (Jiru, 65), Oksleyd-Chemberlen, Sanches (Ivobi, 78), Uelbek.

Ogohlantirishlar: Makkleyn (42).

Uchrashuv vaqtida "Wenger Out" baneri tushirilgan samolyot stadion uzra parvoz qildi. 

Ammo frantsiyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlagan boshqa muxlislar ham topildi. Ular "Vengerga ishonamiz. Uni hurmat qiling" yozuvi bitilgan banerni samolyotda uchirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!