
Xabib Meyvezer bilan kuch sinashishi mumkin
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan jang qilishga tayyor ekanligini e’lon qildi.
- Floyd 50-0ga qarshi 27-0. Men jang qilishga tayyorman. Biror marta ham mag‘lubiyat nimaligini bilmasdan kelayotgan ikki sportchilar kuch sinashishadi, ajoyib bellashuv bo‘lishigi ishonaman. O‘rmonda faqatgina birta qirol bo‘lishi darkor, u qirol ham men! Floyd MakGregorni er tishlata olmadi, men esa ossongina buning uddasidan chiqdim, - dedi Nurmagomedov bokschining menejeri Dexuan Bleykning instagramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Xabib UFC 229 turniri doirasida Konor MakGregorni bo‘g‘ib olib taslim bo‘lishga majbur qilgandi. Meyvezer esa MakGregorni boks qoidalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahsning 10-raundida texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.
Fikrlar