
Xulen Lopetegi: Busketsning ishi nihoyatda og‘ir va mashaqqatli
Ispaniya terma jamoasi sobiq ustozi Xulen Lopetegi o‘yinlarning birini Busketssiz o‘tkazdi. Uning rolini esa Saulga ishonib topshirdi. O‘yindan so‘ng esa u quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Buskets shunday pas beradiki, senda qaror qabul qilish uchun etarlicha vaqt bo‘ladi. Agar orqaga to‘p oshirsa, u sen unga yana to‘pni qaytarib uzatishing uchun darxol ochiladi. Bordiyu u oldinga to‘pni uzatsa, demak sen bo‘sh turibsan va to‘p bilan bemalol muomala qilishing mumkin. Bu nihoyatda qiyin va aqliy jihatdan mashaqqatli vazifa.
Busketsda bularning barchasi tabiiy amalga oshmoqda. Kokeda ajoyib pas bor, lekin hech qanday qobiliyat yo‘q. Shuning uchun ham Rossiya Busketsning o‘yinini to‘sib qo‘yganda (uni o‘yin davomida Dzyuba va Smolov ko‘riqladi) Ispaniyaning o‘yini biroz sustladi.
Fikrlar