
Yana raqobat: Messi daromad bobida Ronalduni ortda qoldirdi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes talqini bo‘yicha dunyodagi eng serdaromad taniqli insonlar ro‘yxatining o‘nligiga kirdi.
Argentinalik futbolchi 8, portugaliyalik yulduz esa 10-o‘rindan joy oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Messi “Barselona” bilan imzolangan yangi shartnomaga ko‘ra bonuslar bilan birga yiliga 80 million evro ishlaydi.
Ronalduning “Yuventus”dagi yillik maoshi 30 million evroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, Krishtianu Nike bilan imzolangan umrbod kelishuvga ko‘ra 1 milliard dollarga ega bo‘ladi.
Quyida dunyodagi eng serdaromad taniqli insonlar TOP-10 bilan tanishing:
- Floyd Meyvezer (bokschi)
- Jorj Kluni (aktyor)
- Kayli Jenner (model)
- Judi Sheyndlin (advokat, teleboshlovchi)
- Dueyn Jonson (aktyor)
- U2 (musiqa, rok-guruh)
- Coldplay (musiqiy guruh)
- Lionel Messi (futbolchi)
- Ed Shiran (xonanda)
- Krishtianu Ronaldu (futbolchi)
Fikrlar